Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Pep Gvardiola Manchester derbisini kimlar o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi

A A A
Pep Gvardiola Manchester derbisini kimlar o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida kadrlar masalasida fikr bildirdi.

Yakshanba kuni "shaharliklar" "Manchester Yunayted"ga qarshi derbida ishtirok etadi.

"Marmush Misr terma jamoasidan jarohat olib keldi. Ait-Nuri va Sherki ham o‘ynamaydi. Stounsning ishtiroki shubha ostida, lekin uning muammosi jiddiy emas. Qolganlar safda.

Marmush? Tekshiruvlarni kutishimiz kerak, lekin uning tiklanishi bir necha hafta davom etadi deb o‘ylayman. Terma jamoalar uchun navbatdagi tanaffusgacha u tayyor bo‘ladi," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

Aytish kerakki, "Manchester Siti"ning jarohat olgan futbolchilari ro‘yxatida Mateo Kovachich va Kelvin Fillips ham bor.

Kiritildi: 20:52 12.09.2025. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!