Nashrning xabar berishicha, AQSh quruqlik qo‘shinlari vaziri Den Driskoll va shtab boshlig‘i Rendi Jorj Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, mamlakat harbiy rahbariyati va deputatlari bilan uchrashish uchun Ukraina poytaxtiga tashrif buyurgan.
"Bu tashrifdan asosiy maqsad Ukraina rahbariyatining Rossiya bilan to‘xtab qolgan tinchlik jarayonidagi ishtirokiga qaratilgan. Garchi Moskva AQSh va Ukraina tomonidan urushni to‘xtatishga qaratilgan oldingi barcha urinishlarni rad etgan bo‘lsa ham, Vashington urushni tezroq tugatish yo‘lini topishga intilmoqda", deya qayd etadi Politico.
The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga kelgan AQSh delegasiyasi keyinchalik Rossiya vakillari bilan ham uchrashishni rejalashtirmoqda.