Ma’lumotlar bazasidan xodimlarning ijtimoiy ta’minot raqamlari va ularning ish faoliyatiga oid ma’lumotlar o‘g‘irlangan. Hodisa milliy xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytirgan.
Military Times ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagonning kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ruxsatsiz kirish 2025 yil oktyabridan 2026 yil iyuligacha davom etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ma’lumotlar sizib chiqishi 2,76 million nafar tirik xodim va 294 ming nafar vafot etgan shaxsga ta’sir qilgan. Hujjatlarda harbiy xizmatchilar va fuqarolik personalining egallagan lavozimlari haqidagi ma’lumotlar ham bo‘lgan.
Shuningdek, xakerlar FBR xodimlariga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni ham oshkor qilish bilan tahdid qilgan. Tekshiruvda FBRning bo‘sh ish o‘rinlari joylashtiriladigan rasmiy portali yetarlicha himoyalanmagani aniqlangan.
FBR ehtimoliy jabrlangan xodimlarni ogohlantirib, shubhali qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik va noma’lum shaxslar bilan hamkorlik qilmaslikni tavsiya qilgan.
Ayni paytda Pentagon tizimlarida amaldagi va sobiq xodimlarga tegishli 60 milliondan ortiq shaxsiy ish hujjatlari saqlanayotgani xabar qilinmoqda.