Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Pentagonda ziddiyat: AQSh Quruqlik qo‘shinlari vaziri yil oxirigacha lavozimini tark etishi mumkin

Pentagonda ziddiyat: AQSh Quruqlik qo‘shinlari vaziri yil oxirigacha lavozimini tark etishi mumkin

AQSh Quruqlik qo‘shinlari vaziri Den Driskoll yil oxirigacha, ehtimol undan ham oldinroq lavozimini tark etadi. The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, bunga Pentagon rahbari Pit Xegset bilan munosabatlardagi keskinlik sabab bo‘lishi mumkin.

Driskoll so‘nggi bir yarim yil davomida armiyaga yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha faol ish olib borgan. U Quruqlik qo‘shinlari shtabi sobiq boshlig‘i general Rendi Jorj bilan yaqin hamkorlik qilgan va Ukrainaga ham tashrif buyurgan.

Avvalroq The Telegraph Xegsetning iltimosiga ko‘ra, Driskoll Rossiya–Ukraina mojarosini hal etish jarayonidagi ishtirokdan chetlatilganini xabar qilgandi.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Driskollning Oq uy va vise-prezident Jey Di Vensga yaqinligi Xegset bilan munosabatlar keskinlashishiga sabab bo‘lgan. Hatto Tramp ma’muriyatida Xegset o‘rniga Driskollni tayinlash imkoniyati muhokama qilingan. Driskoll esa Pentagon rahbari bilan kelishmovchiliklar borligini rad etgan.

Kiritildi: Bugun 09:44. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!