Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Pentagon Xitoy yadroviy qurollari sonini oshiradi

Pentagon Xitoy yadroviy qurollari sonini oshiradi

Pentagon Xitoy yadroviy qurollari sonini oshirayotgani va uchta uchirish shaxtasi maydoniga 100 dan ortiq qit’alararo ballistik raketalarni joylashtirganini ma’lum qildi — Reuters.

"Xitoy Mo‘g‘uliston bilan chegara yaqinida 100 dan ortiq “Dunfen-31” (DF-31) qit’alararo ballistik raketalarini joylashtirgan. ​Xitoy yadroviy qurollar zaxirasini ko‘paytirmoqda va zamonaviylashtirmoqda. Bu Xitoyning ortib borayotgan harbiy ambisiyalarini ifodalaydi", deyiladi Pentagon hisobotida.

O‘tgan oyda AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy va Rossiya bilan yadroviy qurollardan vos kechish ustida ishlash mumkinligini aytgan edi. Ammo Pentagonning hisobotida Xitoyning bu masalalarga qiziqishi kamligi haqida bayon qilingan.

Hisobot mualliflarining baholashicha, 2024 yilda Xitoy Xalq Respublikasining yadroviy arsenali 600 tadan ortiq jangovar kallakni tashkil etgan. Shu bilan birga, Pentagonga ko‘ra, Pekin 2030 yilga borib yadroviy kallaklari sonini 1000 tadan oshirishni rejalashtirmoqda

Avvalroq Tramp AQSh yadroviy qurol sinovlarini qayta boshlashini istagini ma’lum qilgan, ammo bu qanday shaklda bo‘lishi xali noma’lum.

Kiritildi: Bugun 17:45. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!