Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pentagon Ukrainaga harbiy yordam to‘liq tiklanganini ma’lum qildi

Pentagon Ukrainaga harbiy yordam to‘liq tiklanganini ma’lum qildi

Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash avvalgi darajada tiklandi, dedi AQSh Harbiy-havo kuchlari markaziy qo‘mondonligi vakili, General Aleksus Grinkevich Pentagonda uyushtirilgan matbuot anjumanida.

– Harbiy yordam yetkazib berish qayta jonlandi, hammasi avvalgidek amalga oshirilmoqda, – degan u. – Kiyev bilan ma’lumot almashinuvi ham to‘liq tiklandi.

Avvalroq Amerika Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard ham shu mazmundagi bayonot bilan chiqqan edi.

Kiyevga harbiy yuk yetkazib berishni tiklash va razvedka ma’lumoti taqdim etishni davom ettirish to‘g‘risidagi qaror Amerika va Ukraina delegasiyalarining 11 mart kuni Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunida qabul qilingan.

Kiritildi: 16:02 18.03.2025. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!