Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pentagon transgenderligini tan olgan taxminan ming nafar harbiy xizmatchini ishdan bo‘shatmoqda

Pentagon transgenderligini tan olgan taxminan ming nafar harbiy xizmatchini ishdan bo‘shatmoqda

Pentagon transgenderligini tan olgan taxminan ming nafar harbiy xizmatchini ishdan bo‘shatmoqda. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Telekanal bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining tegishli buyrug‘iga tayanib xabar bermoqda.

"Shuningdek, ushbu buyruqda hali o‘zini rasmiy ravishda transgender deb e’lon qilmaganlarga armiya safidan chiqib ketish uchun 30 kunlik muhlat beriladi. Mudofaa vazirligi tibbiy yozuvlarni tekshirishni boshlaydi, shunda transgenderligini yashirganlar aniqlanadi", deyiladi xabarda.

Avvalroq AQSh Oliy sudi prezident Donald Tramp ma’muriyatiga transgenderlarning harbiy xizmatda bo‘lishini taqiqlash huquqini beruvchi qaror chiqargan edi.

Kiritildi: 18:19 09.05.2025. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!