Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Pentagon tasdiqladi: Shimoliy Koreya harbiylari Ukrainada

Pentagon tasdiqladi: Shimoliy Koreya harbiylari Ukrainada

Chorshanba kuni Rimda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostinning jurnalistlarga aytishicha, Pentagon allaqachon Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiyada ekanligi haqida dalillarga ega, ammo "ular u yerda nima qilayotgani hozircha noma’lum, buni aniqlash kerak."

Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, departament tahlilchilari bu masalani o‘rganishda davom etmoqda va «biz Shimoliy Koreya qo‘shinlari Rossiya hududiga o‘tgani haqidagi dalillarni ko‘ryapmiz».

"Ular aynan nima qilishayotganini aniqlash qoldi. Bular biz o‘rganishimiz kerak bo‘lgan narsalar. Agar KXDR harbiylarining niyati Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etish bo‘lsa, bu juda jiddiy masala bo‘lib, u nafaqat Yevropada, balki Hind-Tinch okeani mintaqasida ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi," - dedi vazirlik rahbari.

Kiritildi: 19:59 23.10.2024. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!