Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Pentagon Rossiya va Xitoyni yadro quroli sohasida asosiy tahdid, deb hisoblaydi

A A A
Pentagon Rossiya va Xitoyni yadro quroli sohasida asosiy tahdid, deb hisoblaydi

AQSh Mudofaa vazirligining ommaviy qirg‘in qurollariga qarshi kurashish bo‘yicha strategiyasida kimyoviy, biologik va yadro quroli qo‘llanadigan mojaro xavfi oshgani tilga olingan. Bayonotda ushbu sohada Rossiya va Xitoy asosiy tahdid bo‘lib qolayotgani ta’kidlangan.

Ommaviy qirg‘in vositalari ro‘yxatiga kimyoviy, biologiya, radiologiya yoki yadro quroli kiradi, chunki bunday qurollar qo‘llanishi keng ko‘lamli vayronagarchilik, ko‘p miqdorda qurbon keltiradi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, AQSh va ittifoqchilar kimyoviy, biologik yoki yadro quroli qo‘llanishi xavfiga duch kelishi ehtimoli 2014 yildan buyon ortib borayotganini tasdiqlashadi.

“XXR va Rossiya ommaviy qirg‘in qurollari sohasida asosiy chaqiriq hisoblanayotgan bir paytda, KXDR, Eron va ayrim ekstremistik tashkilotlar ham doimiy xavfliligicha qolmoqda, bunga qarshi kurashish ham juda dolzarb”, - deyiladi hujjatda.

Kiritildi: 14:51 30.09.2023. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!