Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Pentagon rahbari Zelenskiyga dahshatli xabarni yetkazdi

A A A
Pentagon rahbari Zelenskiyga dahshatli xabarni yetkazdi

AQSh Rossiya bilan ziddiyatda Ukraina uchun “sehrli tayoqcha”ga ega emas. Bu haqida Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti "Strana.ua" nashriga tayanib.

Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bunday mojaroda sehrli tayoqcha bo‘ladigan qurol yo‘q",— dedi u.

Ostinning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning jang maydonidagi natijalari Ukraina Qurolli kuchlarining G‘arb davlatlari taqdim etayotgan turli qurollardan foydalanishni sinxronlashtirish qobiliyatiga bog‘liq.

“Bu og‘ir, mashaqqatli kurash va u shunday bo‘lib qoladi", — deya qo‘shimcha qildi Ostin.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berish yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 15:02 21.11.2023. O'qildi: 3936 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!