Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Pentagon rahbari yoshlarni armiyaga yollash haqida: "Juda semiz yoki juda befahm"

Pentagon rahbari yoshlarni armiyaga yollash haqida: "Juda semiz yoki juda befahm"

AQSh mudofaa vaziri AQSh armiyasiga yollashdagi asosiy qiyinchiliklar haqida gapirdi.

Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, yosh amerikaliklarning "semizligi va ahmoqligi"ga qaramay, armiyaga yangi chaqiriluvchilarning kelishini rekord darajada ta’minlashga muvaffaq bo‘lingan. Bu haqda Pit Xegset Pentagondagi rekruterlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

"Siz buni qildingiz. Bilaman, bu oson emas, asosiy muammolardan kelib chiqsak, bilasiz: juda ko‘p yoshlarimiz juda semiz yoki juda ahmoq" dedi AQSh mudofaa vaziri.

Vazir bayonot juda qo‘pol chiqqanini tushunib, o‘zini tuzatishga harakat qildi.

"Yoshlarimiz orasida jismonan tayyor emas yoki bilim darajasi yetarli bo‘lmaganlar ko‘p. “Ahmoq” degan ta’rif noto‘g‘ri — muammo shundaki, biz ularni yetarlicha o‘qitmayapmiz yoki ularda diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi kabi holatlar mavjud", — degan Pit Xegset AQSh Qurolli kuchlarini to‘ldirishdagi dolzarb muammolar haqida.

Kiritildi: 21:31 19.12.2025. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!