AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Vashington zarurat tug‘ilganda Eron bilan mojaroni kuchaytirish rejasiga ega ekanini ma’lum qildi.
“Menimcha, bizda har bir holat uchun reja bor. Agar kerak bo‘lsa, vaziyatni kuchaytirish rejamiz bor. Agar zarur bo‘lsa, orqaga chekinish rejamiz ham bor”, — dedi Xegset.
U Kongress harbiy operasiyalarni davom ettirishga ruxsat bermagan taqdirda AQShning harakat rejasi bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.
Shu bilan birga, Pentagon rahbari operasiyaning jiddiyligini hisobga olgan holda, Vashingtonning keyingi qadamlari haqida ma’lumot bermasligini ta’kidladi.