Birlashgan Arab Amirliklari Eron Islom Respublikasi hududiga bir nechta hujumlar uyushtirgan bo‘lishi mumkin.
Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, hujumning ehtimoliy nishonlaridan biri Eronning Lavan orolidagi neftni qayta ishlash zavodi bo‘lgan.
Nashrning ta’kidlashicha, hujum AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh davrida sodir bo‘lgan, ammo Vashingtonning salbiy munosabatini qo‘zg‘atmagan. Bundan tashqari, gazetaning ta’kidlashicha, AQSh Abu-Dabining Tehron bilan qarama-qarshilikka qo‘shilishini jimgina olqishlagan.
Nashrning yozishicha, mojaro boshlanganidan beri BAA boshqa Fors ko‘rfazi mamlakatlariga qaraganda faolroq pozisiyani egallab, Eronga qarshi qattiqroq choralar ko‘rishni va AQSh bilan yaqin harbiy hamkorlikni saqlab qolishni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Avvalroq BAA raketa hujumlari va dron hujumlariga uchragan edi. Natijada Fujayra amirligidagi neftni qayta ishlash zavodida katta yong‘in sodir bo‘lgan. Abu-Dabi hujumlar uchun Eronni aybladi va qasos olish niyatini e’lon qildi. Tehron voqeaga aloqadorligini rad etdi.