Bugun 18 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pentagon: "AQShning giyohvand moddalar savdosi kemalariga qilingan hujumlarida 11 kishi halok bo‘ldi"

Pentagon: "AQShning giyohvand moddalar savdosi kemalariga qilingan hujumlarida 11 kishi halok bo‘ldi"

Dushanba kuni Qo‘shma Shtatlar giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi uchta kemaga zarba berdi va 11 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda AQSh Janubiy qo‘mondonligi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.

"Razvedka kemalar ma’lum giyohvand moddalar kontrabandasi yo‘llaridan yurganini va giyohvand moddalar savdosi operasiyalarida ishtirok etganini tasdiqladi", deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.

Tinch okeanining sharqiy qismida ikkita kema aniqlangani va hujumga uchragani, uchinchisi esa Karib dengizida zarbaga uchragani qayd etildi.

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!