Bugun 3 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Pensiyani bir turdan boshqa turga o‘tkazish tartibi qanday?

Pensiyani bir turdan boshqa turga o‘tkazish tartibi qanday?

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan o‘n kun muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.

Pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish rad etilgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablari, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan holda rad etish to‘g‘risida pensionerga xabarnomani berishi yoki yuborishi shart.

Komissiya tomonidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganida, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensionerning arizasida ko‘rsatilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya turi o‘zgartirilgan muddat, pensiya miqdori, ish staji davomiyligi, aniqlangan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori, pensiya to‘lov shakli va pensiya to‘lash sanasi to‘g‘risidagi «SMS» xabarnoma yuboradi.

Kiritildi: 10:45 29.10.2024. O'qildi: 687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!