Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Pensiya va nafaqa to‘lovini to‘xtatib turish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi

A A A
Pensiya va nafaqa to‘lovini to‘xtatib turish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi

🌐my.gov.uz portalida «Pensiya va nafaqa berishni to‘xtatib turishga ariza berish» xizmati ishga tushirildi.

Endilikda fuqarolar onlayn ariza berish orqali pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovvoragarchiliksiz to‘xtatib turishi mumkin.

👉 Ushbu xizmat quyidagi hollarda kerak bo‘lishi mumkin:
▫️ Sizga vaqtinchalik pensiya yoki nafaqa kerak bo‘lmasa va ularni olishni ma’lum muddatga to‘xtatib turish zarurati yuzaga kelganida.
▫️ Mamlakat tashqarisida bo‘lganingiz uchun ma’lum vaqt davomida pensiya yoki nafaqa to‘lovlarini ololmasangiz.
▫️ Hayotingizda to‘lovlarni vaqtinchalik to‘xtatib turishni talab qiladigan o‘zgarishlar yuz bersa.
Mazkur xizmatni olish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

Ko‘rsatilgan davlat xizmati uchun to‘lov undirilmaydi.

Xizmat ariza topshirilgandan so‘ng avtomatik tarzda ko‘rsatiladi.

Kiritildi: 15:38 11.12.2023. O'qildi: 1534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!