▶️ Bugungi kunda fuqarolarga pensiya oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi hamda pensiya miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali (onlayn) amalga oshiriladi.
✅ Bunda, fuqaro Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilgan taqdirda, mas’ul xodim ariza beruvchi nomidan tegishli so‘rovnoma shaklini to‘ldiradi va fuqaro to‘ldirilgan so‘rovnomani to‘g‘riligini tekshirib tasdiqlab beradi.
✅ Shundan so‘ng, Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimi so‘rovnomani Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda yuboradi. Pensiya jamg‘armasi so‘rovnomaga zudlik bilan QR-kodli ma’lumotnomani shakllantirib Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma olingandan so‘ng 5 daqiqa ichida ariza beruvchiga ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklida taqdim etadi.
Fuqaro ushbu so‘rovnomani YAIDXP orqali olishni xohlaganda barcha jarayon onlayn amalga oshiriladi.
✅ Davlat xizmatidan foydalanish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.