Bugun 24 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Pensilvaniya shtatidagi qariyalar uyida portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Pensilvaniya shtatidagi qariyalar uyida portlash yuz berdi, qurbonlar bor

AQShning Pensilvaniya shtatidagi Silver Lake qariyalar uyida tabiiy gaz portlashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi.

NBC ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy gaz sizib chiqishi hodisaning dastlabki sababidir.

Portlashdan so‘ng qariyalar uyida katta yong‘in chiqqan.

Bristol o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Kevin Dippolito matbuot anjumanida besh kishi bedarak yo‘qolgan deb taxmin qilinganini, biroq “ular oila a’zolari bilan voqea joyini tark etgan bo‘lishi mumkinligini” aytdi.

Polisiya 20 kishi yaralanganini va shifoxonalarga yetkazilganini ma’lum qildi. Portlash oqibatida birinchi qavatning bir qismi yerto‘laga qulab tushdi va qutqaruvchilar odamlarni derazalar va lift shaxtasi orqali evakuasiya qilishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi report.az.

Kiritildi: Bugun 14:12. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!