Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Pelening futbolkasi auksionda qariyb 5 million dollarga sotildi

Pelening futbolkasi auksionda qariyb 5 million dollarga sotildi

Afsonaviy braziliyalik hujumchi Pelening 1958 yilgi Jahon chempionati finalida kiygan futbolkasi Nyu-Yorkdagi Sotheby's auksionida 4,9 million dollarga sotildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Turnirning hal qiluvchi bahsida 17 yoshli Pele dubl muallifi bo‘lib, Braziliyaning Shvesiya ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozonishiga hissa qo‘shgan. O‘sha g‘alaba braziliyaliklarga o‘z tarixidagi ilk Jahon chempionligini olib kelgan edi.

Lot uchun beshta xaridor kurash olib bordi. Auksion g‘olibining ismi oshkor etilmadi. Sotilgan futbolka futbol auksionlari tarixidagi eng qimmatbaho ikkinchi lotga aylandi. Faqatgina Diyego Maradonaning 1986 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Angliyaga qarshi o‘yinda kiygan futbolkasi qimmatroq baholangan. U 9,3 million dollarga sotilgan edi.

Kiritildi: 11:56 17.07.2026. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!