Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

A A A
Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Biroq shunga qaramay, qator futbolchilar ham klubda, ham milliy jamoada muvaffaqiyat qozona olgan. Terma jamoa haqida gap ketganda esa istalgan futbol muxlisining xayoliga Jahon chempionati keladi. Demak, quyida Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida ayrim faktlar keltiriladi.

Mirosolav Kloze 24 ta o‘yinda 16 ta gol

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Foto: AFP

Kloze faoliyati davomida jami 259 ta gol urgan 134 ta golga hammualliflik qilgan. Germaniya terma jamoasida esa u hamon eng yaxshi to‘purar hisoblanadi (147 o‘yinda 71 gol). Uning Jahon Kubogidagi yutuqlari: 2014 yilda oltin, 2002- yilda kumush, 2006 va 2010 yillarda esa bronza. 38 yoshida busalarini mixga ilgan.

Ronaldo 19 ta o‘yinda 15 ta gol

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Foto: Getty Images

Ronaldo 17 yoshida Jahon Chempionatida g‘olib bo‘lgan, Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi ikkinchi to‘purar (98 o‘yinda 62 ta gol). Jahon Kubogidagi yutuqlari: 1994 va 2002 yillarda oltin, 1998 yilda esa kumush. Faoliyatini 35 yoshida yakunlagan.

Gerd Myuller 13 ta o‘yinda 14 ta gol

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Foto: Google Images

Myuller faoliyati davomida 576 ta o‘yin o‘tkazib, 515 ta gol, 106 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchilik karyerasini esa 1981 yilda, 36 yoshida AQShda yakunlagan. Mundialdagi yutuqlari: 1974 yilda oltin, 1970 yilda esa bronza.

Jyust Fonten 6 ta o‘yinda 13 ta gol

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Foto: ProstoProSport

Fransiyalik hujumchi tom ma’noda darvozabonlar kushandasi edi. Eng qizig‘i shundaki, u Jahon Chempionatidagi barcha gollarini (13 ta) 1958 yilgi mundialda urgan. Umumiy hisobda esa u «uchranglilar» safida 21 uchrashuv o‘tkazib, 30 ta gol urgan.

Pele 14 ta o‘yinda 12 ta gol

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Foto: BolaScor

Futbol qiroli – Pele faoliyati davomida 3 marta mundial g‘olibi bo‘lgan yagona futbolchi (1958, 1962 va 1970 yillarda) futbolchi hisoblanadi. Pele butun faoliyati davomida 1363 ta o‘yinda 1289 ta gol urgan. Bundan tashqari, u Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purardir (77 ta gol). Qirol faoliyatini 37 yoshida yakunlagan.

Shandor Kochish 5 ta o‘yinda 11 ta gol

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Foto: Wikiball

Vengriya terma jamoasi tarixidagi ikkinchi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan Kochishni bosh bilan yaxshi o‘ynash qobiliyati sabab «Oltin bosh» deb e’tirof etishgan. U 1954 yilgi Jahon Chempionatida 11 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan (Fontendan so‘ng ikkinchi eng yaxshi natija).

Yurgen Klinsman 17 ta o‘yinda 11 ta gol

Pele, Ronaldo va Kloze. Mundial tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar haqida

Foto: Wikiball

Klinsman terma jamoadagi faoliyati davomida 108 uchrashuv o‘tkazib, 47 ta gol urgan. 1990 yilgi Jahon chempionatida esa g‘olib bo‘lgan. Sochlarining rangi va yuqori samaradorligi uchun Bundestim muxlislari tomonidan unga «Oltin to‘purar» laqabi berilgan.

Kiritildi: 00:31 03.09.2020. O'qildi: 3084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!