Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Pekinda dunyodagi eng katta va yulduz ko‘rinishidagi aeroport ochildi

Pekinda dunyodagi eng katta va yulduz ko‘rinishidagi aeroport ochildi

Xitoy poytaxtida juda ko‘p milliard dollar mablag‘ sarflangan dunyodagi eng katta aeroport ishga tushirildi. ”Daxing” nomli xalqaro aeroportning rasmiy ochilish marosimida mamlakat rahbari Si Szinpin ishtirok etdi.

Ushbu aeroport besh yildan ozroq muddatda qurib bitkazilgan bo‘lib, unga 450 milliard yuan (50 milliard funt sterling) sarflandi.

Pekindagi ikkinchi mega-aeroportning dizayni marhum me’mor Zaha Hadid tomonidan ishlab chiqilgan. Terminalning beshta katta bo‘limlari bor bo‘lib, tepadan qaralganda u dengiz yulduzi shaklini eslatadi. Aeroport hududida to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagi mavjud va uning umumiy maydoni 700000 kvadrat metrdir.

Aeroport binonsiing tomi 25 ta futbol maydonini egallagan. Aeroport yer osti tezyurar temir yo‘l stansiyasi, uchish va qo‘nishga mo‘ljallangan ikki darajali terminal, shuningdek, ajratilgan terminal bilan jihozlangan.

U 2025 yilga kelib yiliga 72 million yo‘lovchini qabul qilishi kutilmoqda. 2040 yilga kelib,  aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagi sakkiztaga yetadi va yiliga 100 million yo‘lovchini qabul qila oladi.

Rasmiylarning ta’kidlashicha,  Pekin shimoli-sharqida joylashgan “Daxing” samolyoti poytaxtdagi transport harakatini yengillashtiradi.

Kiritildi: 11:36 27.09.2019. O'qildi: 2431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!