Pekin YEI tomonidan Xitoy elektromobillarining ayrim toifalariga bojxona to‘lovlari joriy etilishi tufayli JSTdan nizolarni hal qilish bo‘yicha maslahatlashuvlar boshlashni so‘radi.
Tegishli xabar Jahon savdo tashkilotining veb-saytida e’lon qilindi.
4 iyul kuni Yevropa Ittifoqi Xitoydan elektromobillar importi uchun 17,4 foizdan 37,6 foizgacha bojxona to‘lovlarini joriy qilgan edi.
Evrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu tariflar 9 oy davom etgan “noqonuniy subsidiyalar” ga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘llanilgan.