Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Pekin har qanday sharoitda ham Eron bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor

Pekin har qanday sharoitda ham Eron bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor

Xitoy xalqaro va mintaqaviy vaziyat o‘zgarishidan qat’i nazar, Eron bilan do‘stona hamkorlikni izchil rivojlantiradi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Qozonda bo‘lib o‘tayotgan BRIKS 16-sammiti doirasida Eron prezidenti Masud Pezeshkian bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deya xabar beradi Xitoy TIV matbuot xizmati.

Eron muhim mintaqaviy va xalqaro nufuzga ega davlat, Xitoyning yaxshi do‘sti va hamkori, dedi Xitoy rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-Eron munosabatlarining strategik ahamiyati misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar jadallashgani sari yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Pekin milliy suverenitet, xavfsizlik va milliy qadr-qimmatni himoya qilishda, o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini izchil rag‘batlantirishda, qo‘shni davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarni yaxshilash va chuqurlashtirishda Eronni qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Si Szinpin.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy Eron bilan bir-birini qat’iy qo‘llab-quvvatlash, xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlari, jumladan, ichki ishlarga aralashmaslik, ikki davlatning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun hamkorlik qilishga tayyor.

Xitoy BRIKS va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida Eron bilan hamkorlikni mustahkamlash, Global Janubning ta’siri va ovozini yanada kuchaytirishga, yanada adolatli va oqilona xalqaro tartibni shakllantirishga hissa qo‘shishga tayyor, deya qo‘shimcha qildi Xitoy rahbari.

Uchrashuvda mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Si Szinpin, xususan, Yaqin Sharqdagi mavjud vaziyatdan chuqur xavotir bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, ertaroq o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo sektoridagi urushni tugatish mintaqaviy taranglikni bartaraf etishning kalitidir.

Eron prezidenti Pezeshkian, o‘z navbatida, Xitoy Eronning eng muhim hamkorlik sherigi ekani, Eron-Xitoy keng qamrovli strategik sheriklik aloqalari va turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik barqaror rivojlanish dinamikasini saqlab qolayotganini aytdi.

Eron Xitoy bilan keng qamrovli hamkorlik rejasini amalga oshirish va yangi natijalarga erishish uchun aloqa, infratuzilma va toza energiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun Xitoy bilan birgalikda sa’y-harakatlarni amalga oshirishga intiladi, bu nafaqat Eronning milliy rivojlanishiga, balki mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi, - dedi u.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!