Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pekin bosimi ostida Gonkong Demokratik partiyasi tarqatib yuborish jarayonini boshladi

Pekin bosimi ostida Gonkong Demokratik partiyasi tarqatib yuborish jarayonini boshladi

Xitoyning avtonom viloyatidagi so‘nggi demokratiya tarafdori kuchlardan biri bo‘lgan Gonkong Demokratik partiyasi o‘zini tarqatib yuborish jarayonini boshladi. Bu XXR kommunistik hukumati bosimi ostida sodir bo‘ldi.

"Bizga, agar partiya o‘z faoliyatini to‘xtatmasa, oqibatlari bo‘lishini aytishdi", dedi partiyaning sobiq rahbari Yun Sum CNNga.

Partiya 1994 yilda, sobiq Britaniya mustamlakasi Xitoyga qo‘shilishidan uch yil avval tashkil etilgan. Avvaliga Gonkong demokratik tizimini saqlab qolishga va’da bergan Xitoy rasmiylari oxir-oqibat fuqarolarning erkinlik va huquqlariga hujum qila boshladi, keyin esa repressiyaga o‘tdi.

Ko‘p yillar davomida Demokratik partiya Gonkongga nisbatan siyosatiga qaramay, rasmiy Pekin bilan muloqotga tayyor, mo‘’tadil siyosiy kuch sifatida qabul qilingan. Biroq, muxolifatni to‘liq mag‘lub etishga intilayotgan hokimiyat XKKning umumiy chizig‘iga qarshi bo‘lgan kuch mavjudligiga rozi bo‘lolmaydi.

Kiritildi: 18:48 20.04.2025. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!