Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pekin AQShni “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishga chaqirdi

A A A
Pekin AQShni “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishga chaqirdi

Qo‘shma Shtatlar Tayvan bilan munosabatlarida “yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qilishi kerak, deya Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi.

Uning fikricha, bu Vashington va Pekin o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning asosidir.

“Agar Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikka umid qilsa, u "yagona Xitoy" tamoyiliga rioya qilishi, uchta qo‘shma kommyunikeni amalga oshirishi, Tayvanni qurollantirishni to‘xtatishi, "Tayvan mustaqilligi"ga ommaviy ravishda qarshi chiqishi va Xitoyning tinch yo‘l bilan birlashishini qo‘llab-quvvatlashi kerak”, dedi Van I AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi doirasidagi uchrashuvda.

Xitoylik vazirning ta’kidlashicha, “Tayvan bo‘g‘ozidagi hozirgi vaziyatning eng katta xavfi - bu orolning mustaqilligini e’lon qilgan Tayvan rahbari Lay Sindening tobora o‘zini tuta olmaydigan xatti-harakatlari”dir.

“Tayvan mustaqilligi” Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik o‘rnatish bilan mos kelmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan xitoylik diplomat.

Kiritildi: 10:07 29.09.2024. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!