Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Pedagoglarga kasbiy sertifikat berish tartibi Singapur va BAA tajribasi asosida ishlab chiqiladi

A A A
Pedagoglarga kasbiy sertifikat berish tartibi Singapur va BAA tajribasi asosida ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda o‘qituvchilikka qabul qilish jarayoni tanlov asosida tashkil etiladi.

Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi shart bo‘ladi. Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibi Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida ishlab chiqiladi.

Muallimlarga malaka toifasini berish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

➖pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi;

➖ ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, malaka toifasini berish bo‘yicha yangi tartib 2024-yil 1-yanvardan joriy qilinadi.

Kiritildi: 14:58 02.09.2023. O'qildi: 2354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!