👩🏻🏫 Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi pedagog kadrlar attestasiyadan o‘tish va malaka toifasi (lavozim) olish bo‘yicha hujjatlarni my.gov.uz orqali topshirishlari lozim.
Chunki, ularga qog‘oz shaklidagi attestasiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, o‘rniga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etilgan.
📝 Ariza topshirish: har yili yanvar-fevral, avgust-sentyabr oylarida amalga oshiriladi.
❌ Muhimi, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
💰 Navbatdan tashqari attestasiyadan o‘tkazilganda esa davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi. My.gov.uz orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.