Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pedagog xodimlar uchun mehnat ta’tili davomiyligi me’yori belgilandi

A A A
Pedagog xodimlar uchun mehnat ta’tili davomiyligi me’yori belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlarini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar davomiyligi me’yorlari Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilandi.

Qarorda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining Umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Jismoniy yoki psixik va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan hamda reabilitasiya markaziga yega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining Boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim maktablar va maktab-internatlar, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar, Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, Respublika o‘quv-tarbiya muassasalari;

Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, Respublika olimpiya zaxiralari maktabi, sport turlariga tayyorlash markazlari, Sport turlari bo‘yicha mahorat maktablari, Sport turlari bo‘yicha akademiyalar,“Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi, mehribonlik uylari;

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining Barkamol avlod bolalar maktablari, O‘quvchi yoshlar markazi, Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, Bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxupacu sport maktablari, Ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Sport maktablari,Bolalar musiqa va san’at maktablari, shuningdek, O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari xodimlari – pedagoglarning uzaytirilgan mehnat ta’tili va qo‘shimcha ta’tillar davomiyligi me’yori belgilab berilgan.

Kiritildi: 07:49 30.06.2023. O'qildi: 2237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!