2024 yil yakuniga qadar Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro onlayn to‘lov kompaniyalari – Paypal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabilar bilan muzokara o‘tkazib, ularni O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari va bank xizmatlariga ulashni yo‘lga qo‘yadi.
Zarur hollarda, milliy qonunchilik talablarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritiladi.