Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Payg‘ambarimizning sochlarini oqartirgan suralar

A A A
Payg‘ambarimizning sochlarini oqartirgan suralar

Mo‘minlar Qur’on tilovat qilar ekanlar, uning oyatlari borasida tafakkur yuritib, unda keltirilgan qissalaru xabarlardan ibrat olishlari lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon Qur’on tilovat qilsalar, uni tartil bilan tilovat qilib, uning har bir oyatini tadabbur etar edilar. Tafakkur ila o‘qilgan suralar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlarini oqartirgan.

Ibn Abbos roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Abu Bakr roziyallohu anhu: “Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sochingizga oq tushibdimi?” deb so‘radi. Shunda u zot alayhissalom: “Mening sochimni Hud, Voqea, Mursalot, Naba’ va Takvir (suralari) oqartirdi”, dedilar” (Imom Termiziy, Imom Hokim, Imom Bayhaqiy, Imom Abu Ya’lo rivoyati).

Hud surasining ikki oyati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sochlarini oqartirgan oyatlardan hisoblanadi.

Imom Bayhaqiy o‘zining “Shu’ab al-imon” nomli asarida Ali Shatoriydan quyidagilarni bayon qiladi: “Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sochimni Hud surasi oqartirdi deb aytganingizni eshitdim”, dedi.

Shunda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ha shunday”, deb javob berdilar.

“YO, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suradagi payg‘ambarlar qissasimi yoki ularning ummatlarining holimi sizning sochingizni oqartirgan?”.

“Yo‘q, payg‘ambarlar ham ularning ummatlari haqidagi oyatlar ham sochimni oqartirgani yo‘q. Balki suradagi “Bas, (ey, Muhammad!) buyurilganingizdek to‘g‘ri bo‘ling!” oyati sochimni oqartirdi”, dedilar.

Shu bois, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning o‘zidan to‘g‘ri yo‘lda mustaqim qilishini so‘rab ko‘p duo qilar edilar. Xususan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ya, muqallibal qulubi sabbit qalbiy a’la diynik (YO, Qalblarni o‘zgartiruvchi Zot, qalbimni o‘zingning diningda sobit qil)” deb duo qilar edilar.

Qur’onni ko‘p tilovat qilish bizni Allohga yaqin qiladi. Qur’onni o‘qish qanchalik savobli bo‘lsa, uni tinglash ham shunchalik savobli amallardandir. Shunday ekan, Qur’onga muxlis bo‘lib, uni tilovat qilganimizda ham tinglaganimizda ham tadabbur qilaylik.

Davron Nurmuhammad

Kiritildi: 12:24 13.11.2020. O'qildi: 12250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!