Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Payg‘ambarimiz alayhissalomning shafoatlarini vojib qiluvchi amallar

A A A
Payg‘ambarimiz alayhissalomning shafoatlarini vojib qiluvchi amallar

Imom Ahmad ibn Hanbal, Bazzor, Ibn Abu Osim va Tabaroniy rahmatullohi alayhlar Mu’jamul kabir va Mu’jamul avsat , Musnad kitoblarda Ruvayfi’ ibn Sobit Ansoriy roziyallohu anhudan quyidagi hadisni rivoyat qilib keltirganlar:

عَنْ رُوَيْفِعِ بْنِ ثَابِتٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم : مَنْ صَلَّى عَلَى مُحَمَّدٍ وَقَالَ : اللَّهُمَّ أَنْزِلْهُ الْمَقْعَدَ الْمُقَرَّبَ عِنْدَكَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ، وَجَبَتْ لَهُ شَفَاعَتِي.

Ruvayfi’ ibn Sobit Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

Kim Muhammad sollallohu alayhi vasallamga solavot aytib: Allohumma anzilhul maq’adal muqorraba ’indaka yavmal qiyaama desa, shafoatim unga vojib bo‘ladi dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Ma’nosi: Ey, Allohim! Muhammad sollallohu alayhi vasallamni qiyomat kuni huzuringdagi muqarrab maqomdan joy bergin.

Azon aytilgandan keyin Nabiy sollallohu alayhi vasallam haqlariga kimdaki, quyidagi hadisda kelgan duoni qilsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning shafotlari u kishiga halol bo‘ladi.

وعن جابر بن عبد اللّه رضي اللّه عنهما : أن رسول اللّه صلى اللّه عليه وسلم قال : مَنْ قال حِينَ يَسْمَعُ النِّدَاءَ : اللَّهُمَّ رَبِّ هَذهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ وَالصَّلاةِ القائِمةِ، آتِ مُحَمَّداً الوَسِيلَةَ والفَضِيلَةَ، وابْعَثْهُ مَقاماً محموداً الذي وَعَدْتَهُ . حَلَّتْ لَهُ شَفاعَتِي يَوْمَ القِيامَةِ رواه البخاري في صحيحه.

Jobir Ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

Kim ozon ovozini eshitganida: Allohumma robbi hazid da’vatit taamma vassolatil qoima aati Muhammadanil vasilata val fazila vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’dtah desa, qiyomat kuni unga shafoatim halol bo‘ladi deganlar (Buxoriy rivoyati).

Ma’nosi: Allohim! Ey, ushbu tugal da’vatning va qoim bo‘ladigan namozning robbisi Muhammadga vasilani va fazilatni bergin hamda uni O‘zing unga va’da qilgan maqomi mahmudda qayta tiriltirgin.

Imom Bayhaqiyning Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan qilgan rivoyatida إِنَّكَ لاَ تُخْلِفُ الْمِيعَادَ (Albattas Sen va’daga aslo xilof qilmassan) degan ibora ziyoda qilingan.

عن أبي هريرة عن النبي صلى الله عليه و سلم قال من قال اللهم صل على محمد وعلى آل محمد كما صليت على إبراهيم وآل إبراهيم وبارك على محمد وعلى آل محمد كما باركت على إبراهيم وآل إبراهيم وترحم على محمد وعلى آل محمد كما ترحمت على إبراهيم وآل إبراهيم شهدت له يوم القيامة بالشهادة وشفعت له.

Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

Kimki: Allohumma solli ’ala Muhammad va ’ala aali Muhammad kamaa sollayta ’ala Ibrohim va aali Ibrohim va baarok ’ala Muhammad va ’ala aali Muhammad kamaa baarokta ’ala Ibrohim va aali Ibrohim va tarahham ’ala Muhammad va ’ala aali Muhammad kamaa tarahhamta ’ala Ibrohim ’ala Ibrohim va aali Ibrohim desa, qiyomat kuni uning foydasiga guvohlik berib, uni shafoat qilaman dedilar (Buxoriy rivoyati).

Ma’nosi: Allohim, Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u zotning oliga Ibrohim alayhissalom va u zotning oliga solavot aytganing kabi solavot aytgin. Allohim, Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u zotning oliga Ibrohim alayhissalom va u zotning oliga baraka berganingdek baraka bergin. Allohim. Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u zotning oliga Ibrohim alayhissalom va u zotning oliga rahm qilganing kabi rahm qilgin.

عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِيَ الله عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : مَنْ حَفِظَ عَلَى أُمَّتِيأَرْبَعِينَ حَدِيثَاً مِنْ أَمْرِ دِينِهَا بَعَثَهُ اللهُ فَقِيهَاً، وَكُنْتُ لَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةَ شَافِعَاً وَشَهِيدَاً .

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

Kimki ummatimning diniy ishlariga tegishli qirqta hadisni yod olsa (va uni ularga yetkazsa), Alloh uni faqih holida tiriltiradi va qiyomat kuni men unga shafoatchi, uning foydasiga guvohlik berguvchi bo‘laman .

Manba: islom.uz

Kiritildi: 10:13 08.03.2019. O'qildi: 5358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!