Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Payg‘ambarimiz alayhissalomga tashqi ko‘rinishi o‘xshaydigan sahobalarni bilasizmi?

A A A
Payg‘ambarimiz alayhissalomga tashqi ko‘rinishi o‘xshaydigan sahobalarni bilasizmi?

Ulamolarimiz ta’kidlashlaricha, Abdumanof (Payg‘ambarimizning to‘rtinchi bobolari) urug‘i ichida besh kishi tana tuzilishi jihatidan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga juda ham o‘xshar edilar. Hatto ba’zi kishilar ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga almashtirib yuborishlari ham mumkin edi. Ular: 

1. Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttalib. U kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amakivachchalaridan biri bo‘lib, u zot bilan emikdosh aka-uka ham hisoblanar edi. 

2. Qusam ibn Abbos ibn Abdulmuttalib. U kishi ham amakivachcha bo‘lib, Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhuning o‘g‘illari. Samarqandda dafn qilinganlar. 

3. Soib ibn Ubayd ibn Abdu Yazid ibn Hoshim. Imom Shofe’iyning bobolari. 

4. Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nabiralari. Hazrati Ali va Fotima onamizning bosh farzandlari. 

5. Ja’far ibn Abu Tolib roziyallohu anhu. U kishi ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amakivachchalari, hazrati Alining tug‘ishgan akalari.

Manba: Siyrat.uz

Kiritildi: 05:00 04.02.2020. O'qildi: 6974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!