Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

“Paxtakor“ stadionining yangi ko‘rinishi uchun 20ga yaqin kompaniya o‘z taklifini bildirgan

A A A
“Paxtakor“ stadionining yangi ko‘rinishi uchun 20ga yaqin kompaniya o‘z taklifini bildirgan

Toshkentning “Paxtakor” klubi uy uchrashuvlari o‘tkazib kelinadigan “Paxtakor” markaziy stadioni buzilib, o‘rniga yangi stadion qurilishi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda stadionning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketyapti.

Klub saytida e’lon qilingan tenderdan so‘ng 20ga yaqin kompaniyalar bu borada o‘z takliflarini bildirishgan. Qayd etilishicha, stadion FIFAning oxirgi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli so‘nggi qarorga kelishdan avval barchasini puxta o‘ylab ko‘rish talab etiladi.

Ma’qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poytaxtimiz markazida joylashishi va uning ko‘rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to‘xtamga kelinadi.

Klub ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emasligini bildirgan. Loyiha masalasi aniq bo‘lishi bilan bu haqida ma’lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi.

Kiritildi: 15:05 27.11.2019. O'qildi: 2044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!