Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

"Paxtakor" klubi o‘zining yetakchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Paxtakor" klubi o‘zining yetakchisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Paxtakor" klubi o‘zining yetakchisi hisoblangan Hojiakbar Alijonov bilan shartnomani uzaytirdi.

Klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Alijonov klub bilan bitimni 2027-yilning so‘nggi qadar cho‘zdirdi. 2018-yildan beri "sherlar"ning asosiy tarkibida o‘ynab kelayotgan himoyachi Superliga doirasida jami 166 ta bellashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urgan. Barcha musobaqalar doirasida esa umumiy 234 ta o‘yin o‘tkazib, 11 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan.

Hozirga qadar Hojiakbar "sherlar" bilan 5 marotaba O‘zbekiston chempionatida, 3 bor O‘zbekiston Kubogida, 2 marotaba esa Superkubok doirasida zafar quchgan.

Kiritildi: 23:41 11.02.2026. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!