Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Paxtakor" himoyachisi Yevropa klubiga o‘tmoqda

"Paxtakor" himoyachisi Yevropa klubiga o‘tmoqda

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va "Paxtakor" klubi himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov Yevropaga ketmoqda.

Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi bugun Bishkek-Istanbul-Bryusell yo‘nalishida uchib ketdi. Ertaga Abdumajidov tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va hammasi yaxshi bo‘lsa Belgiyaning "Standard" klubi bilan shartnoma tuzadi.

"Paxtakor" klubi yozgi transfer oynasida bir yo‘la ikki futbolchisini Belgiyaga sotmoqda. Yosh futbolchilarimiz arab davlatlarini emas Yevropani tanlayotgani va "Paxtakor" ularni qo‘llab-quvvatlayotgani quvonarli hol.

Ma’lumot uchun, Abdumajidovning huquqlarini "Football Group" agentligi himoya qiladi. Ushbu agentlik o‘zbekistonlik ko‘plab futbolchilar bilan ishlaydi. Ulardan eng mashhuri Abduqodir Husanov hisoblanadi.

Kiritildi: 23:25 07.09.2025. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!