Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

“Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan “Al-Hilol”da jiddiy yo‘qotish bor

“Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan “Al-Hilol”da jiddiy yo‘qotish bor

Saudiya Arabistoning “Al-Hilol” klubi himoyachisi Joao Kanselu jiddiy jarohat oldi. Futbolchi chempionat doirasidagi “Al-Ahli”ga qarshi bahsning 60-daqiqasida mushaklaridagi og‘riq sabab almashtirildi. Bu haqida YsScores nashri xabar bermoqda.

Shifokor Tamur Al Shahronining ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 10 kundan 6 haftagacha bo‘lgan muddatga safdan chiqdi.

4 mart kuni riyodliklarning Elit Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi o‘yini bor. Hozircha “Al-Hilol”ning yakuniy qaydnomasi e’lon qilinmadi, biroq Kanselu mazkur bahsni o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” — “Al-Hilol” o‘rtasidagi nimchorak bahsi 4 mart kuni 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 14:00 02.03.2025. O'qildi: 1663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!