Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Paxtachida 3 nafar voyaga yetmagan bola “Zarafshon” daryosiga cho‘kib ketdi

Paxtachida 3 nafar voyaga yetmagan bola “Zarafshon” daryosiga cho‘kib ketdi

25 may kuni soat 14.00 larda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola “Zarafshon” daryosiga cho‘milish maqsadida borib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

FVB hamda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida 1 nafar bolaning murdasi topilgan.

Qolgan 2 nafar bolani qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda marhumning o‘limi bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

“Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida cho‘milish ruxsat etilmagan, ta’qiqlangan, oqim tezligi yuqori bo‘lgan, chuqur, o‘ziga notanish bo‘lgan suv havzalarida cho‘milmaslik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qolamiz", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:56 26.05.2023. O'qildi: 2181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!