Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Paxtachi tumanidagi maktabda YOCHT fani o‘qituvchisi o‘quvchini urdi. O‘quvchining talog‘i yorilgan

A A A
Paxtachi tumanidagi maktabda YOCHT fani o‘qituvchisi o‘quvchini urdi. O‘quvchining talog‘i yorilgan

23 fevral kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani 2-umumta’lim maktabining Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani o‘qituvchisi D.B. maktabning 11-sinf o‘quvchisi J.X.ni urib tan jarohati yetkazgan. Olingan tan jarohati natijasida J.X.ning talog‘i yorilib ketgan. Bu haqda Daryo muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

ga forma bilan kelmagani uchun maktabning yoshlar yetakchisi A.G‘. o‘quvchining boshiga lineyka (jadval tayoq) bilan urgan. Voqea aynan shundan boshlangan. Shundan so‘ng maktab o‘qituvchisi D.B. ham uni urgan. Biroq D.B. nima sababdan J.X.ni urganligi hozircha noma’lum.

Daryo o‘quvchining kaltaklanishi holati bo‘yicha Samarqand viloyati IIBga murojaat qildi. Ushbu murojaatdan so‘ng viloyat IIB holat bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi.

Kiritildi: 18:36 01.03.2019. O'qildi: 2398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!