Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga qo‘ng‘iroq qilib, Paxalgam yaqinidagi terakt munosabati bilan Nyu-Dehlini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deb xabar berdi Hindiston TIV rasmiy vakili Randxir Jaysval.
"U begunoh odamlarning halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi va Hindistonni terrorizmga qarshi kurashda to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi," - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.