Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Pavel Durov "Telegram"ga pullik obuna xizmati joriy etilganini rasman e’lon qildi

Pavel Durov "Telegram"ga pullik obuna xizmati joriy etilganini rasman e’lon qildi

Pavel Durov "Telegram"ga pullik obuna xizmati joriy etilganini rasman e’lon qildi va bu nima uchun kerakligini tushuntirdi:

"Biz eng talabchan muxlislarimizga ko‘proq imkoniyatlar taqdim etishning yagona yo‘li — yuqori darajadagi qulayliklarni pullik qilish ekanligini angladik. Shu oyda Telegram-Premium obuna rejasini taqdim etamiz. Har kimda qo‘shimcha funksiyalar, tezlik va resurslarni xarid qilish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Bu shuningdek, foydalanuvchilarga Telegramni qo‘llab-quvvatlash va yangi funksiyalarni birinchilardan bo‘lib qabul qiladigan klubga qo‘shilish imkonini beradi", — deb yozdi Durov o‘z kanalida.

Unga ko‘ra, barcha mavjud funksiyalar bepul bo‘lib qoladi va ko‘plab yangi bepul funksiyalar paydo bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, hatto Telegram-Premium`ga obuna bo‘lmagan foydalanuvchilar ham uning ba’zi afzalliklaridan foydalanishlari mumkin, masalan, premium foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan katta hujjatlar, media va stikerlarni ko‘rish yoki agar ular xabar ostida bo‘lsa, reaksiyalarni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi.‌‌

Kiritildi: 21:46 10.06.2022. O'qildi: 4051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!