Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Pavel Durov “erkin internetni saqlab qolishga” chaqirdi

Pavel Durov “erkin internetni saqlab qolishga” chaqirdi

Telegram asoschisi o‘zining tug‘ilgan kunida internet erkinligiga bag‘ishlangan post e’lon qildi. Uning fikricha, bir paytlar axborot almashish erkinligi ramzi bo‘lgan internet endi nazoratning asosiy quroliga aylanmoqda.

"Bizning avlodimizda otalarimiz biz uchun yaratgan erkin internetni saqlab qolish uchun tobora kamroq vaqt qolmoqda", — dedi messenjer rahbari.

Durov “ilgari erkin bo‘lgan” Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi davlatlar hozirda “antiutopik choralar”ni joriy etayotganini qayd etdi. Biroq u Rossiya haqida esa hech narsa demadi.

"Bizning avlod tarixga o‘z erkinliklariga ega bo‘lgan, lekin ularni tortib olishga yo‘l qo‘ygan so‘nggi avlod sifatida kirib qolish xavfi ostida. Shuning uchun men bugun bayram qilmoqchi emasman. Mening vaqtim tugayapti. Bizning vaqtimiz tugayapti",
— deya qo‘shimcha qildi Durov.

Telegram asoschisi Pavel Durov hozirda Fransiyada tergov ostida. Mamlakat hukumati uni vakolatli organlar so‘rovlariga javob bermaganlikda va xakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etishda ayblamoqda.

Kiritildi: 16:59 10.10.2025. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!