Los-Anjelesdan Xitoyga uchgan Amerika samolyoti uchuvchida pasport yo‘qligi sababli AQShga qaytishga majbur bo‘ldi.
United Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortida 257 yo‘lovchi va ekipajning 13 a’zosi bo‘lgan. Parvoz vaqtida uchuvchilardan biri pasportini o‘zi bilan olib ketmagani ma’lum bo‘ldi. Samolyot yangi ekipaj kutayotgan San-Fransisko aeroportiga qo‘ndi. Aviakompaniya yo‘lovchilarni ovqatlanish vaucherlari va kompensasiyalar bilan ta’minladi.
Hodisa tufayli samolyot Shanhayga olti soat kechikib yetib keldi.