Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Pashinyan KXSHT sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi

Pashinyan KXSHT sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan 28 noyabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) sammitida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.

Pashinyanning matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryanga ko‘ra, “Armaniston Respublikasining KXSHT faoliyatidagi ishtirokini muzlatish bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarmadi”. Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan ham sammitga bormaslikka qaror qilgan.

Pashinyan 2024 yil fevralida Yerevanning KXSHTdagi ishtirokini muzlatish haqida bildirgandi. U mamlakatning birlashmaga a’zoligi davom etishi, ammo u muzlatilishini ma’lum qildi. Pashinyanning fikricha, tashkilot 2020 yilda Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroning keskinlashuvi munosabati bilan o‘z majburiyatlarini bajarmagan.

27 noyabrda, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko KXSHT sammitida qatnashish uchun Ostonaga yetib keldi. Undan oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozog‘iston poytaxtiga uchib kelgandi. 28 noyabr kuni esa Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning tashrifi amalga oshdi.

KXSHT sammitida ishtirokchi mamlakatlar delegasiyalari mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi. Yig‘ilish yakunida bir qator hujjatlar qabul qilinadi.

Kiritildi: Bugun 09:58. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!