Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pashinyan: Germaniya Yerevan va Boku o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha choralarni qo‘llab-quvvatlaydi

Pashinyan: Germaniya Yerevan va Boku o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha choralarni qo‘llab-quvvatlaydi

Germaniya Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish, Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevanda Bundestagning huquqiy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Elizabet Vinkelmeer-Beker boshchiligidagi delegasiya bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.

Tomonlar, shuningdek, Armaniston-Ozarbayjon chegarasida Yevropa Ittifoqi fuqarolik missiyasining faoliyatini muhokama qildilar va Armaniston-Germaniya va Armaniston-Evropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashdilar.

Kiritildi: 15:52 26.02.2024. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!