Toshkentda Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari sammiti o‘tkazilyapti.
Unda ishtirok etgan Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong o‘zining "Twitter"dagi sahifasi orqali O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaga minnatdorlik bildirdi.
Martin Chungong mintaqada va dunyoda gender tengligini ta’minlashda mamlakatimizning sa’y-harakatlariga ishonishini bildirgan.
Ayni damda Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti o‘z ishini boshladi.