Chorshanba kuni kechqurun avtomobil Parijdagi kafe ayvoniga borib urilgan, natijada bir kishi halok bo‘lgan, kamida olti kishi jarohatlangan, ulardan uchtasi og‘ir ahvolda. Bu haqda Fransiyaning BFMTV axborot kanali polisiyadagi manbalarga tayanib xabar berdi.
YTH shaharning 20-munisipal okrugidagi mashhur Per-Lashez qabristoni yaqinida taxminan 19:30 atrofida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan, uch kishi og‘ir tan jarohati olgan. Hodisa joyida tez tibbiy yordam shifokorlari ishlamoqda, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin.
Transport vositasi haydovchisi g‘oyib bo‘ldi. Polisiya uning qonida giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar topilgan yo‘lovchisini hibsga oldi, deb xabar berdi BFMTV polisiyaga tayanib.
Polisiya transport vositasini ekspertizadan o‘tkazmoqda. Tekshiruv ma’lumotlari avtohalokatga ishora qilmoqda, deb xabar bermoqda telekanal.