Shanba kuni Parij markazida bir kishini o‘ldirib, to‘rt kishini yarador qilgan terrorchi chechenistonlik Hamzat Azimov bo‘lib chiqdi, deya xabar berdi “Mirror”.
Fransiya fuqaroligida bo‘lgan Azimov shanba kuni markaziy ko‘chada duch kelgan kimsaga pichoq bilan hamla qilavergan. Voqea joyiga yetib kelgan polisiya esa uni otib tashlashga majbur bo‘lgan.