Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, “Report” xabar berdi .
Miting ishtirokchilari orasida barcha yoshdagi odamlar, ham yoshlar, ham keksa fransuzlar bor edi. Mitingga siyosatchining o‘zi ham kelgan. U o‘z nutqida sud qarori uning yurti, xalqi va sha’nini oyoq osti qilganini ta’kidladi.
"Hamma bilishini istayman: taslim bo‘lmayman. Bizga qarshi sud jarayonining siyosiy asosini ta’kidlashdan tortinmayman. Bu sud qarori emas. Bu siyosiy qaror, siyosatchilar uchun ov!" - dedi Le Pen.