150 million yillik dinozavr kim oshdi savdosida 6 million yevroga sotildi va u «dunyo bo‘ylab kim oshdi savdosida sotilgan» eng yirik dinozavrga aylandi, deb xabar berdi Agence France-Press, Collin du Bocage va Barbarossa auksion uylariga tayanib.
Uni kim oshdi savdosi ishtirokchisi Olive Kollin du Bokajning so‘zlariga ko‘ra, xaridni muzeyga o‘tkazmoqchi bo‘lgan anonim kolleksiyachi sotib olgan.
O‘txo‘r Apatozavrning 22 m uzunlikdagi skeleti 75–80% asl suyaklardan iborat. U 2018 yilda AQShning Vayoming shtatida topilgan va qazish ishlari fransuz investorining moliyaviy ko‘magida 2019 yildan 2021 yilgacha davom etgan. Keyin Vulkan laqabli hayvon qoldiqlari ikki yillik restavrasiya qilish uchun Fransiyaga yuborilgan.
Vayomingda qonun shaxslarga tarixdan oldingi suyaklarni qazib olish umidida imtiyozlar sotib olishga ruxsat beradi.