Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

A A A
Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi

Paralimpiya sport turlarini rivojlantirish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi, deya xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed va Ko‘zi ojizlar sporti federasiyasi raisi Ilgar Raximov bilan O‘zbekistonda paralimpiya harakatini rivojlantirish borasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilarning erishayotgan natijalari ham alohida qayd etildi.

2025 yilda poytaxt Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “V yozgi o‘smirlar Osiyo o‘yinlari”ni o‘tkazish yuzasidan barcha tashkiliy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 21:16 08.09.2024. O'qildi: 1509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!